пятница, 23 марта 2012 г.

Twitternoma


Mana, vaqt ham bir pasda o’tib ketibdi… Aslida bu doimiy jarayon, aslida vaqt emas, biz o’tamiz. Bundan bir yil muqaddam, xuddi shu kuni twitterdan account ochgandim, ilk foydalanuvchi sifatida avvaliga tushunmadim, buni mohiyati nima, qanday foydalaniladi  bu ijtimoiy tarmoqdan? Qolaversa, o’zbeklarning kamligi uchun ham twitter.comga juda murojaat qilardim. (Aslida o’sha vaqtlarda faqatgina moymir va mail agentdan foydalanardim, qolgan ijtimoiy tarmoqlar haqida eshitar, taklif  olardim, biroq ularga a’zo bo’lishni istamasdim.) Bir kuni yoz vaqti edi, mehnat ta’tilimni Qarshida o’tkazayotgan kunlarimning birida mail agentda @fahriyor bilan gaplashib qoldim. Shunda u menga twitter haqida gapirib berdi, baribir hech nimani tushunmadim, shunday bo’lsa-da, o’sha kalit (accountim) orqali yana bir bora twitter saroyiga kirdim va … qaytib chiqa olmadim! Xo’sh bunga sabab nima?
Buning birinchi sababi: bu yerda o’zbek yoshlarining ilg’or, faol qismi yig’ilgan! Real hayotda ular qanday bilmayman, lekin O’zbekiston obro’si, sha’ni uchun bir tanu bir jon bo’la oladiganlar shu yerda! Ularning o’z shaxsiy, mustaqil fikri, mulohazasi bor. Shu bois ular bilan suhbatlashish maroqli. (Bu shunchaki ko’tarinki, balandparvoz gaplar emas, bunga ishoning!)
Menimcha, ikkinchi sababi: Bu yerda erkin fikr, do’stona bahslashuv, mulohaza almashinuv jarayoni bor. Ayni mana shu narsa meni bu yerda olib qola oldi. Bu yerda har qanday holatdagi fikrni, mulohazani o’qishingiz mumkin. Quvonarlisi, ular tanqidni ham maqtovni ham to’g’ri tushunishadi, lozim bo’lganda ko’maklarini ayashmaydi. (Bunga ko’plab misollar keltirishim mumkin!)
Twitterning bu qadar sevimliligining uchinchi sababi esa: biz dunyoning barcha davlati bilan bevosita, o’zaro aloqadamiz! Bu yerdan dunyoga mashhur deyarli barcha ommaviy  axborot  vositalarining eng qaynoq xabarlarini o’qishingiz, uni bemalol muhokama qilishingiz mumkin. (Afsuski, so’nggi paytlarda mana shu holat kamayib qoldida!)
Men  bu tarmoqdan ko’plab do’stlar orttirdim, insonlarning ichki dunyosi, ularning ruhiyati haqida anglay, o’rgana boshladim. Bu menga qiyinchilikda, ruhiy iztirobda qolgan kezlarimda katta yordam berdi, desam xato bo’lmaydi, ishoning. Buni izohlashim shart  emas deya o’ylayman. Yuqoridagi sabablarni hali uzoq davom ettirishim, ettishingiz mumkin, to’g’rimi, hurmatli o’quvchilarim?
Aslida bu maqolaning ikkinchi qismi ham bo’lishi, unda ko’nglimga eng yaqin o’quvchilarimga  ta’rif  berishim kerak edi. O’ylab qarasam yuzdan oshib ketarkan ularning soni (qolganlari @rianru, @rianbreakingnews, @bbcnews va shu kabilar).
Barchangizga cheksiz hurmat va ehtirom bilan Guli Nigor ingiz…
12 mart, 2012 yil.

1 комментарий:

  1. Mening ichimdagi gaplarni topib yozibsiz desam ishonasizmi?!!)) Shu kunlarda huddi shu fikrlarni blogimga yozmoqchiydim manam. Endi o'qib, men bunchalik aniq fikrimni yoritib berolmasdim deb o'yladim.
    Rahmat, o'qib mazza qildim! Blogspot.ga ham hush kelibsiz. Ynagi yozuvlarni kutib qolamiz!

    P.S. Iltimos, shablonni o'zgartirish esdan chiqmasin!;)

    ОтветитьУдалить